Sardor Gang haqida

Sardor Gang

Sardor — Ism, Gang — guruh, jamoa, to’da. Sardorning Jamoasi tarzida tushunsa bo’ladi.
Kanal ochishdan maqsad O’zbek PUBG Mobile o’yinchilariga o’yinda bo’ladigan yangiliklar va bo’layotgan o’zgarishlar haqida ma’lumot berishdur. Kanal ochishimga sabab ham aynan shunday bo’lgan, 2020-yillar PUBG Mobile guruhlarda odamlar bir biridan tushunmagan narsalarini so’rashar edi, shu payt hayolimga yangiliklarni video tarzida yetkizish keldi va Sardor Gang kanalimni ochdim.
Bu rasm esa kanalimning eng birinchi Logosi.

Natijalar

Kanalni ochganimga 2 yil bo’lgan bo’lsa, mana shuncha yilda 180.000dan ziyod obunachiga ega bo’ldim. To’g’risini aytsam kanal ochayotganimda hecham hayolimga bu darajagacha yetish kelmagandi, shunchaki qiziqishga kanal ochib videolar joylab, o’z hobbyimini kundalik ishimga aylantirdim desam ham bo’ladi.

Yakun

Xullas 2 yil davomida youtubeda kanal ochib shu darajaga yetib keldim, youtube orqasidan anchagina tanishlar orttirdim. Siz ham bu so’zlarni o’qir ekansiz, o’z karyerangiz uchun poydevor qurishni boshlang(balki qurib bo’lgandursiz). O’z hobbyingizni, aniqrog’i yoqtirgan ishingizni asosiy daromad manbayiga aylantiring. Motivator bo’lib kettim-e 🙂